OMMAVIY OFERTA

Changan avtomobillarini xarid qiluvchilar o‘rtasida Yangi yil tanlovini o‘tkazish bo‘yicha

Ushbu hujjat “CHANGAN AUTO DISTRIBUTION” MChJ tomonidan cheklanmagan doiradagi shaxslarga qaratilgan rasmiy taklif (oferta) hisoblanadi. Tanlovda ishtirok etish ushbu Oferta shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilishni anglatadi.

1. Tanlov tashkilotchisi

“CHANGAN AUTO DISTRIBUTION” MChJ Yuridik manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, TKAD ko‘chasi, Yuqori Darxon MFY

2. O‘tkazilish muddati

2.1. Tanlovda ishtirok etishga asos beruvchi xaridlar muddati: 2025-yil 1 dekabrdan 31 dekabrgacha.

2.2. Final tadbirining sanasi tashkilotchi tomonidan alohida e’lon qilinadi.

2.3. Natijalar oflayn shaklda o‘tkaziladi va onlayn translyatsiya qilinadi.

3. Tanlov ishtirokchilari

3.1. Tanlov ishtirokchilari — rasmiy dilerlardan Changan avtomobilini xarid qilgan jismoniy va yuridik shaxslar.

3.2. Ishtirok etish uchun xaridor diler tomonidan berilgan lotereya kartochkasini qabul qilishi lozim.

3.3. Kartochkani qabul qilish — tanlovga avtomatik qo‘shilishni anglatadi.

3.4. Bir avtomobil = bir kartochka = bir ishtirokchi.

3.5. Yuridik shaxslar sovrinni kompaniya rahbari yoki vakolatli shaxs orqali (ishonchnoma asosida) olishi mumkin.

4. Sovrinlar

4.1. Bosh sovrin:

— Ikki kishilik 7 kunlik Dubayga all inclusive dasturi bo’yicha sayohat.

4.2. Qo‘shimcha sovrinlar:

2-o‘rin — PlayStation

3-o‘rin — Apple Watch

4-o‘rin — Robot changyutgich

5-o‘rin — Havo tozalagich

6-o‘rin — Oshxona kombayni

7-o‘rin — Aerogril

8-o‘rin — Avtomobil yuvish uchun Karcher

9-o‘rin — Qahva pishirgich

10-o‘rin — Multivarka

4.3. Rasmiy reklama materiallardagi sovrinlar ko‘rinishi haqiqiy ko‘rinishidan farq qilishi mumkin.

5. Ishtirok etish tartibi

5.1. Diler ishtirokchiga (yoki yuridik shaxs vakiliga) unikal raqamga ega lotereya kartochkasini topshiradi.

5.2. Diler ishtirokchi haqidagi ma’lumotlarni Tashkilotchining yagona bazasiga kiritadi:

— F.I.Sh. yoki yuridik shaxs nomi

— Telefon raqami

— Avtomobil modeli

— VIN raqami

— Kartochka raqami

— Kartochkaning fotosurati

5.3. Bazaga to‘g‘ri kiritilgan kartochkalar tanlovda ishtirok etadi.

6. G‘oliblarni aniqlash tartibi

6.1. G‘oliblar barcha amaldagi kartochkalar orasida tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi.

6.2. Final tadbiriga shaxsan kelish ishtirok etish imkoniyatiga ta’sir qilmaydi.

6.3. Tanlov jarayoni offline tashkil etiladi va onlayn translyatsiya qilinadi.

6.4. G‘olib ma’lumotlari dilerlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi.

7. Sovrinlarni topshirish

7.1. Jismoniy shaxs g‘olib — shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.

7.2. Yuridik shaxs g‘olibi quyidagilarni taqdim etadi:

— Vakolatli shaxsga berilgan ishonchnoma

— Vakilning pasport nusxasi

— Zarurat bo‘lsa, kompaniya rekvizitlari

7.3. Sovrinlar naqd pulga almashtirilmaydi.

7.4. Sovrinlar Tashkilotchi belgilagan muddatlarda topshiriladi.

8. Mas’uliyat

8.1. Tashkilotchi dilerlar yoki ishtirokchilar tomonidan noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ma’lumotlar uchun javobgar emas.

8.2. Oferta shartlari buzilgan holatda sovrin berish rad etilishi mumkin.

8.3. Ishtirok etish shaxsiy (yoki korporativ) ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik berishni anglatadi.

9. Shartlarni o‘zgartirish

9.1. Tashkilotchi ushbu Oferta shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega.

9.2. Yangilangan versiya Tashkilotchining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

9.3. Ishtirok etishni davom ettirish — yangilangan shartlarga rozilikni bildiradi.

10. Yakuniy qoidalar

10.1. Ushbu Oferta Tashkilotchining rasmiy saytida e’lon qilingan kundan boshlab amal qiladi.

10.2. Barcha nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal etiladi.